Joriy yilning 14-15-oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasi IIV Barnaul yuridik instituti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Xalqaro ekspertlar, olimlar, shuningdek MDHning yuridik ta’limga ixtisoslashgan o‘quv muassasalari vakillari ishtirok etgan onlayn anjuman “Сибирский юридический Форум: Современные проблемы науки и практики в уголовном праве и криминологии” deb nomlandi.
Anjuman doirasi O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Jinoyat huquqi kafedrasi professori R.Kabulov (“Уголовно-правовая политика Республики Узбекистан: Проблемы и пути их решения”), kafedra dotsenti M.Qalandarov (“Сравнительно-правовой анализ уголовных законадательств Российской Федерации и Узбекистана об уголовной ответственности за незаконный оборот оружия”) o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Mamlakatimiz va Rossiya ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari hamda tajriba almashinuvini yanada mustahkamlash borasida fikr almashildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati