Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Oliy liga o‘yinlari qizg‘in pallada

26 Yanvar 2026, 21:58

52

Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” va “Jar” sport sog‘lomlashtirish majmualarida erkaklar jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Quvonarlisi, bu yilgi oliy liga bahslarida IIV akademiyasi jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakillarimiz Andijon davlat texnika instituti, Buxoro davlat pedagogika instituti hamda “Road Patrul” jamoalari bilan birga “A” guruhidan o‘rin olgan. Shu kungacha o‘tgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra, jamoamiz uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat bilan guruhda 2-o‘rinni band qilib turibdi.

Chempionat bahlarida 17 ta jamoa to‘rt guruhga bo‘lingan holda o‘zaro bellashmoqda. Musobaqani xalqaro talablar darajasida tashkil etish maqsadida 16 nafar malakali hakam jalb qilingan. Yana bir jihati, joriy mavsumda ilk bor “Challenge” (bahsli vaziyatlarni videotasvir orqali qayta ko‘rib chiqish) tizimi qo‘llanilmoqda.

Kuni kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi o‘tkazilib, unda Osiyo voleybol konfederatsiyasi (AVC) prezidenti Ramon Suzara, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi Aziz Toshpo‘latov, sport vaziri Adham Ikromov va boshqalar ishtirok etdi. Mamlakatimizda olimpiya dasturiga kiritilgan sport o‘yinlarini rivojlantirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilayotgani alohida e’tiro etildi.

Eslatib o‘tamiz, oliy liganing 1-tur bahslari 29-yanvar kuniga qadar davom etadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech