IIV akademiyasida tashkil qilingan galdagi tadbir poytaxtning Sergeli tumanidagi 322-son o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun keng imkoniyat yaratdi.
Tadbir davomida ular o‘quv dargohining faoliyati, maqsadi, vazifalari va ulkan imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Bundan tashqari, ta’lim shakllari, ixtisoslik yo‘nalishlari, kursantlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan zamonaviy mexanizmlar haqida ma’lumot berildi.
Ayniqsa axborot-resurs markazi, mashg‘ulot xonalari, saf maydoni, sport kompleksi hamda ma’naviyat va ma’rifat maskanining diqqatga sazovor joylari o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Akademiya faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik kelgusida ushbu dargohda o‘qishni maqsad qilgan yoshlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati