Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Nutq mahoratidan trening

5 Avgust 2025, 21:22

557

IIV akademiyasida o‘tkazilgan galdagi tadbir ishtirokchilar uchun foydali tavsiyalarga boy bo‘ldi.

Professor-o‘qituvchilar, yosh xodimlar va psixolog-inspektorlar qatnashgan mashg‘ulotni mahoratli notiq Rahimboy Jumaniyozov olib bordi.

Tadbirda muloqotga oson kirishish, fikrni erkin bayon qilish, nostandart holatlarda hayajonni yengish, jamoa oldida ma’ruza so‘zlash, xizmat faoliyatida adabiy til me’yorlariga rioya qilish, yozma nutqni shakllantirish usullari haqida so‘z bordi.

Tajribali mutaxassis ichki ishlar organlari xodimlari uchun nutq madaniyatining nechog‘lik muhimligiga to‘xtalib, uni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarini ulashdi. Qiziqarli muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech