Yurtimizda Yangi yil şukuhi kezib yuribdi. Bayram tadbirlari barçaga, ayniqsa bolajonlarga katta zavqu şavq bağişlamoqda.
Poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanidagi Respublika bolalar ruhiy-asab şifoxonasida ötkazilgan tadbir ham bolajonlarga çeksiz quvonç ulaşdi.
Şu kuni IIV akademiyasi kursantlari tomonidan turli tomoşalar, qiziqarli sahna körinişlari, bayramona kuy-qöşiq va raqslar ijro qilindi. Ayniqsa Qorbobo, Qorqiz va ertak qahramonlari iştirokidagi çiqişlar yiğilganlarni bir zum bölsa-da zarguzaştlar olamidan zavq olişga undadi.
Tadbir yakunida maskanda şifo topayotgan jajji öğil-qizlarga ezgu tilaklar bildirilib, Yangi yil sovğalari topşirildi. Bolajonlarning yuz-közidagi tabassum va hayajon barçaga kötarinki kayfiyat bağişladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati