Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Navoiyga ehtirom – adabiyotga, bashariyatga ehtirom

7 Fevral 2026, 21:12

95

IIV akademiyasida buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Adabiyotshunos va tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar, kursantlar ishtirokida o‘tgan tadbir bobokalonimiz ijodiy merosini targ‘ib qilish orqali yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda so‘z olganlar Alisher Navoiyning ibratli hayoti, boy ilmiy-ma’naviy merosi, adolat, ma’rifat, ezgulik, insonparvarlik, bunyodkorlikni targ‘ib etuvchi asarlari haqida to‘xtaldi. Uning “Nasoyim ul-muhabbat”, “Lison ut-tayr”, “Mahbub ul-qulub” va boshqa asarlarini tahlil qilgan holda ularda ilgari surilgan g‘oyalarning bugungi kundagi beqiyos ahamiyatini e’tirof etishdi.

– Navoiy asarlarining har biri tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shoir inson qalbiga yo‘l orqali ma’naviy poklanishga chorlaydi. Ayniqsa uning xalqparvarlikka yo‘g‘rilgan faoliyati barchamiz uchun ibratli. Bugun ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida ham xalq dardi bilan yashash, yurtdoshlarimizning og‘irini yengish qilish, turmushini obod qilishdek ezgu maqsad mujassam, – dedi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Munisjon Hakimov.

Tadbir davomida Navoiyning ruboiy va g‘azallari o‘zbek, tojik, qirg‘iz, ingliz va boshqa tillarda yangradi. Badiiy havaskorlik to‘garagiga a’zo kursantlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, mumtoz qo‘shiqlar ijro etildi. Yig‘ilganlar shoirning barhayot siymosini ulug‘lab, unga ehtirom ko‘rsatdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech