Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish – dolzarb talab

25 Sentyabr 2026, 16:33

61

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar uchun “Muloqot klubi” doirasida uchrashuv tashkil etildi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir profilaktika inspektorlarining murojaatlar bilan ishlash faoliyatiga bag‘ishlandi.

Muloqot avvalida kursantlarga ichki ishlar organlari tizimidagi izchil islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari, sohaga tatbiq qilinayotgan zamonaviy ish uslublari, profilaktika inspektorlariga qo‘yilayotgan dolzarb talablar yetkazildi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni yaratish, jinoyatchilik omillarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish, aholi roziligiga erishish ustuvor vazifaga aylangan. Ana shu maqsadda profilaktika inspektorlarining huquqiy maqomi, vazifalari, huquqlari, majburiyatlarini aniq belgilash orqali faoliyat samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uchrashuvda aholi bilan samarali ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarni qabul qilish va ularga tezkorlik bilan munosabat bildirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda e’tibor qaratilishi zurur bo‘lgan jihatlar aytib o‘tildi. O‘quv dargohida ta’lim olayotgan bo‘lajak mutaxassislarga kasbiy bilim va ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirib borish, kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablarini chuqur o‘rganish borasida tavsiflar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech