Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

MUNOZARALARGA BOY MASHG‘ULOT

15 Sentyabr 2021, 03:09

757


Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi sudyalari ishtirokida o‘tkazilgan binar maʼruza kursantlarning jinoyat-protsessual qonunchilikni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamladi.

Mashg‘ulotda sud muhokamasining ahamiyati, uning tuzilishi va mazmuni, hukm va uning turlariga oid masalalar keng muhokama qilindi. Xususan, hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asoslili hamda adolatliligini tekshirishning umumiy shartlariga oid mulohazalar bildirildi.

Mutaxassislar amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga to‘xtalib, sohani takomillashtirish dolzarb yo‘nalishlari yuzasidan kursantlar bilan fikr almashdilar.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech