Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida poytaxtimizdagi 288-son umumta’lim maktabida milliy qadriyatlar sayli tashkil qilindi.
Tadbir davomida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ular qalbida ona yurtimizga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, xalqimizning boy ma’naviy merosini targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar uyushtirildi.
Ayniqsa Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlarning ko‘rgazmali chiqishlari yosh avlodni chinakam vatanparvar bo‘lishga, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va farovonlikni asrab-avaylashga da’vat qildi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir ona Vatanimizni madh etuvchi qo‘shiq va she’rlar, sahna ko‘rinishlari, orkestr jamoasi tomonidan ijro qilingan kuylar bilan davom etdi. Iqtidorli o‘quvchilar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ijod namunalarini namoyish qildilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati