Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Moziyga sayohat

8 Oktyabr 2026, 16:24

101

Tarix avlodlarni bir-biriga bog‘laydigan ma’naviy rishtadir.

IIV akademiyasi kursantlari Ichki ishlar organlari tarixi muzeyiga tashrif buyurib, tizimning shakllanish va rivojlanish bosqichlarini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirdilar.

Minglab eksponatlarni o‘zida jamlagan ushbu maskanda turli davrlarga oid tarixiy hujjatlar, fotosuratlar, xizmat kiyimlari, qurol-aslahalar hamda soha faoliyati bilan bog‘liq noyob ashyolar o‘rin olgan.

Sayohat davomida, ayniqsa el-yurt osoyishtaligi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan xodimlarning hayoti va faoliyatiga oid materiallar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy-ma’rifiy tadbir kursantlarning soha tarixiga oid tasavvurlarini boyitib, ularda Vatanga muhabbat, kasbga hurmat va burchga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech