Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

MONOMARKAZ FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

16 Sentyabr 2022, 08:09

1296

Aholi uchun bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, ishga muhtojlar, ayniqsa yoshlarni kasb-hunar va foydali mashg‘ulotlarga yo‘naltirish jamiyat farovonligiga xizmat qiladi. Buning samarasida huquqbuzarlik va jinoyatlar soni ham sezilarli kamayadi.  

Ichki ishlar vazirligi akademiyasining kursant qizlari Yashnobod tumanidagi mono-markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi markaz zarur texnik vositalar va innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan. Bu yerga kelganlar o‘zlari tanlangan kasbni o‘rganish bilan bir qatorda, bandlik masalalari bo‘yicha maslahat olishadi. Bundan tashqari, xorijda ishlash istagini bildirgan fuqarolarga chet tillar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Tanishuv jarayonida markazda yaratilgan shart-sharoitlar, kasb-hunar o‘rganishga muhtoj qatlam vakillari bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Kursant qizlar malakali mutaxassislar bilan suhbatlashib, o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlar bo‘yicha savollarga javob olishdi.

Anjumanlar zalida markaz faoliyati taqdimot tarzida namoyish etildi. Markaz rahbari o‘rinbosari Habiba Islomova va Akademiya o‘quv-saf qismi kurslar boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, podpolkovnik Maqsuda Xo‘janazarova so‘zga chiqishdi. Aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hamda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ayniqsa jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni qaror toptirishda bu kabi markazlar muhim o‘rin tutayotgani ta’kidlab o‘tildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech