Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mobil kriminalistik laboratoriya ta’lim sifatini oşiradi

28 Oktyabr 2021, 10:13

2412

IIV Ekspert-kriminalistika boş markazi bilan hamkorlik dasturi doirasida Akademiyaga maxsus kriminalistik laboratoriya avtomaşinasi keltirildi.  

Bundan közlangan maqsad ta’lim jarayonida kursantlarning bilim salohiyatini mustahkamlaş, ularning hodisa sodir bölgan joyda mustaqil kriminalistik tadqiqotlar ötkazişlarini ta’minlaş orqali amaliy könikmalarini oşirişdir.

Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi a‘zolarining ta’kidlaşiça, jinoyatlarning oldini oliş, foş etiş va tergov harakatlari ötkazişda kriminalistik vositalardan foydalaniş katta ahamiyat ega. Maxsus jihozlangan köçma laboratoriya zarur texnik vositalar bilan jihozlangan bölib, maşğulotlarni sifatli ötkazişda qulaylik yaratadi. 

Tadbirda Ekspert-kriminalistika boş markazi vakillari, ixtisoslaşgan kafedra professor-öqituvçilari va kursantlari iştirok etdi. Mutaxassislar tomonidan mobil kriminalistik laboratoriyaning imkoniyatlari batafsil tuşuntirildi. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech