Shu kunlarda ichki ishlar organlari tizimida “Ma’naviyat oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.
Oylik munosabat bilan IIV akademiyasi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlar xodimlar, kursant va tinglovchilarning ma’naviy dunyoqarashi, vatanparvarlik tuyg‘usi hamda kasbiy fazilatlarini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Kuni kecha kursantlar poytaxt teatrlarida namoyish qilingan “Sizsiz o‘tmas kunlarim”,“Adolat fasli”, “Yer baribir aylanaveradi” hamda “Kunduzsiz kechalar” spektakllarini tomosha qildilar. Insoniy g‘oyalarni targ‘ib qilgan sahna asarlari tarbiyaviy jihatlari bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Bundan tashqari, Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Qurolli Quchlar muzeyiga sayohat uyushtirilib, yoshlar uchun ma’rifiy uchrashuvlar tashkil qilindi. Oylik doirasida tadbirlar davom etmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati