Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Milliy özlikni anglaş ajdodlarga ehtiromdan boşlanadi

8 Oktyabr 2025, 20:21

875

Yurtimizda tarixiy haqiqatni tiklaş, yurt istiqloli yölida jonini fido qilgan ajdodlarimiz nomini abadiylaştiriş, ularning ibratli hayoti va faoliyatini tarğib qiliş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.

Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyida IIV akademiyasi professor-öqituvçilari va kursantlari iştirokida ötkazilgan tadbir şu jihati bilan ahamiyatli böldi.

Tadbirda millat taqdiri, Vatan ozodligi va ravnaqi uçun kuraşgan, qatağon siyosati qurboni bölgan bobolarimizning ibratli umr yöli yodga olindi. Keyingi yillarda ularning nomlari va xotirasini abadiylaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar e’tirof qilindi.

Tadbirda söz olganlar mustabid tuzum davrida xalqimiz boşiga tuşgan oğir sinovli kunlar, davlat va siyosat arboblari, ilm-fan namoyandalari, ma’rifatparvar ziyolilarga qarşi uyuştirilgan qatağonlar, bobolarimizning ulkan ma’naviy jasorati va millat oldidagi beqiyos xizmatlari aytib ötildi. Ötmişdan saboq çiqariş, milliy özlikni anglaş, ajdodlarimizga munosib voris böliş bugungi avlodlarning ma’naviy burçi ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir jadidlar hayotidan sahna körinişlari, şe’riy çiqişlar va muzeydagi eksponatlarni tomoşa qiliş bilan davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech