Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Millatni uyg‘otgan alloma

20 Mart 2025, 10:03

182

IIV akademiyasida ma’rifatparvar alloma Mahmudxo‘ja Behbudiyga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan ma’rifiy kechada adabiyotshunoslar, tarixchi olimlar, professor-o‘qituvchilar va kursantlar qatnashdi.

O‘zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi boshlig‘i Anvar Kurganov jadid bobolarimizning ibratga to‘la hayoti va boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritdi.

Adabiy-ma’rifiy tadbirda Mahmudxo‘ja Behbudiyning millat ma’rifati va taraqqiyoti yo‘lidagi xizmatlari, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, turkistonlik ziyolilar ilgari surgan g‘oyalar, jadid adabiyotining ahamiyati va bugungi avlodlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi o‘rni haqida ko‘plab fikr-mulohazalar aytildi. Ma’rifatparvar bobolarimiz butun umrini millat, xalq, yurt ravnaqiga bag‘ishlab, ulkan ma’naviy jasorat ko‘rsatgani ta’kidlandi.

Shu kuni iste’dodli kursantlar tomonidan “Padarkush” dramasidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Xolida Xolpo‘latova va Sardorbek Shokirjonov Behbudiyni xotirlab yozilgan she’lardan o‘qib berdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech