Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mehr-oqibat – inson ko‘rki

05 Yanvar 2026, 08:01

110

“Inson qadri uchun” degan tamoyilning amaliy ifodasi keksalarni qadrlash, ehtiyojmand oilalarga mehr-saxovat ko‘rsatish kabi xayrli amallarda namoyon bo‘lmoqda.

Yangi yil bayrami munosabati bilan IIV akademiyasida ko‘p yillar xizmat qilgan faxriylar, erta vafot etgan xodimlarning oila a’zolari hamda e’tiborga muhtoj yurtdoshlarimiz holidan xabar olindi.

Ta’lim muassasasi vakillari ular istiqomat qilayotgan xonadonlarga borib, dildan suhbar qurdi. Tizim fidoyilarining ibratga to‘la hayoti, el-yurt osoyishtaligini saqlash, yosh avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish, ustoz-shogirdlik an’analarini ravnaq toptirish yo‘lida qilgan samarali mehnatlari e’tirof etildi.

Xonadon sohiblari ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lib, yurt obodligi, xalqimiz farovonligi, inson qadrini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga shukrona aytdilar.

Shu kuni ko‘plab yurtdoshlarimiz holidan xabar olinib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech