Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mehr bilan ko‘ngillar obod

10 Sentyabr 2026, 18:39

66

Mustaqilligimizning o‘ttiz besh yilligi munosabati Ichki ishlar vazirligi akademiyasi vakillari ustozlari va marhum hamkasblarining oila a’zolaridan xabar olishdi.

Soha xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga mehr-oqibat va saxovat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan tadbir yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashdi.

Iste’fodagi polkovniklar Timur Saitbayev, Ahmadjon Jo‘rayev, Ibrohimjon Mahmudov, Vladimir Lifanov xonadonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar chog‘ida faxriylarning ibratli umr yo‘llari, ko‘p yillik samarali mehnatlari, insoniy fazilatlari e’tirof etildi.

Shuningdek marhum Farhod Shukurov va Hasanboy Madrimovning oila a’zolariga hamdardlik ko‘rsatilib, o‘tganlarning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Ularning kasbiga sadoqati, halolligi, mehnatsevarligi, vatanparvarligi chuqur ehtirom bilan yodga olindi.

Ezgu tashabbus insonni qadrlash, yoshi ulug‘larga muruvvat ko‘rsatish, marhumlarni xotirlash kabi milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech