O‘quv rejasiga binoan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Buxoro, Andijon, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlari IIBlari mutasaddilari qatnashgan mashg‘ulotlarda hududlarning kriminogen vaziyati, sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlar dinamikasi, ularning ijtimoiy xavflilik darajasi va ko‘rsatkichlari, ayrim mudhish jinoyatlarga imkon berayotgan shart-sharoitlar tahlil qilinib, ta’lim jarayonida nazariya hamda amaliyot uyg‘unligining o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Mutaxassislarning fikricha, onlayn mashg‘ulotlar kunduzgi ta’lim bakalavriatining tegishli hududdan jamlangan kursantlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarni shakllantirmoqda.
IIV Akademiyasining Axborot xizmati