Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Maroqli hordiq

10 Sentyabr 2021, 03:09

835

IIV O‘quv-dala markazida “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida kursantlar uchun tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida Аkademiya boshlig‘i, polkovnik Rustam Xatamov mamlakatimizda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga qaratilayotgan ulkan eʼtibor, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtalib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek ulug‘vor harakatda kursantlarni vatanparvar, tashabbuskor va fidoyi bo‘lishga chorladi.

Madaniy-maʼrifiy tadbir Akademiya badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari bilan davom etdi. Sahnada milliy istiqlol yo‘lida kurashgan maʼrifatparvar bobolarimizning yorqin siymosi gavdalantirildi. Millat dardi va qayg‘usi ila yozilgan ijod namunalaridan parchalar o‘qildi.

Buyuk tariximiz, mustaqillik saodati, erkin va farovon hayotimizni madh etuvchi qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Milliy raqs sanʼatimizning betakror jozibasi, ko‘ngilochar navolar kursantlarning maroqli hordiq chiqarishiga xizmat qildi.

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech