Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Maqsadimiz yoshlar hayotda munosib o‘rin topsin

26 Fevral 2025, 06:02

48

Ayni kunlarda IIV akademiyasining bitiruvchi kurs kursantlari hududiy ichki ishlar organlarida amaliyot o‘tashmoqda.

Iqtidorli kursantlarimiz amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan bir qatorda, o‘zlari voyaga yetgan mahallalar hamda ta’lim olgan maktablarda targ‘ibot tadbirlarini ham o‘tkazishmoqda.

“Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shoiri ostida o‘tkazilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsad yurtimizning turli hududlari, ayniqsa olis qishloq joylarida istiqomat qilayotgan yoshlarning yurtga daxldorlik tuyg‘usini oshirish, ularda qonunlarga hurmat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg‘otish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yo‘nalishlarini targ‘ib qilishdir.

Aytish joizki, shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 101 marotaba targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Uchrashuvlarga mahalla yoshlari, idoraviy akademik litsey va o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari qamrab olindi.

Yoshlar millatimiz, ertangi kunimizning davomchilari ekan, bu kabi uchrashuvlar ularni zamonaviy kasb-hunarlarni egallab, hayotda munosib o‘rin topishga undashi shubhasiz.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech