Yurtimizda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash borasida manzilli yondashuv asosida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, IIV Akademiyasi tomonidan kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatchilikning sabab va shart-sharoitlarini o‘rgangan holda “ilmiy diagnoz” qo‘yish orqali oldini olish bo‘yicha hudud metodikalari yaratilgan edi. Ayni kunlarda ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari Qarshi shahrining “G‘afur G‘ulom” nomli mahallasida hudud metodikasini amaliyotga samarali tatbiq etishga ko‘maklashishmoqda. Chunki so‘nggi paytlarda mahalla hududida jinoyatlarning ayrim turlari ortib, aholi muammolarini hal etishda muammolar yuzaga kelayotgan edi.
Ishchi guruhi vakillari ichki ishlar organlari va sektorlar mutasaddilari, mahalla faollari bilan birgalikda mahalla hududida jinoyatchilikni jilovlash, aholi muammolarini uyma-uy o‘rganish, bandlik va ijtimoiy himoya masalalarining yechimini topishda amaliy yordam ko‘rsatyaptilar. Joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik va jinoyatning sabab hamda shart-sharoitlari tahlil qilinib, profilaktik chora-tadbirlarni olib borish, kelgusida bu kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan vakolatli organlarga tavsiyalar berilmoqda.
Hamjihatlikda – hikmat bor, deganlaridek, hamkorlikda amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar kriminogen vaziyatni yaxshilashga xizmat qilishi, shubhasiz.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati