IIV Akademiyasida ayni mavzuga bağişlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlar, ixtisoslaşgan oliy ta’lim muassasalari vakillari, huquqşunos olimlar hamda kursant yoşlar iştirok etgan anjumanda dolzarb mulohazalar bildirildi.
Sözga çiqqan soha mutaxassislari “Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi qonunçilikni takomillaştiriş borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari”, “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni körişni tartibga soluvçi qonunlarni qöllaşning öziga xos xususiyatlari”, “Çegara rejimi qoidalarini buzganlik uçun ma’muriy javobgarlikni ta’minlaş muammolari”, “Profilaktika inspektorlarining ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni yuritiş faoliyatidagi muammolar va ularning yeçimlari”, “Ma’muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni yuritişda qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratini taşkil etişning amaldagi holati va istiqbollari”, “Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uçun javobgarlikni ta’minlaş masalalari” mavzusida ma’ruza qildilar.
Ma’muriy huquqbuzarlikka oid işlarni körib çiqiş davomida yöl qöyilayotgan ayrim kamçiliklar, faoliyatning huquqiy asoslarini takomillaştiriş istiqbollari, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almaşildi, muhim taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati