IIV akademiyasi boşliği Rustam Xatamov kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Videokonferensaloqa şaklida ötgan yiğilişda hududlarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar, ta’lim muassasasi professor-öqituvçilari va magistratura tinglovçilari qatnaşdi.
Ma’lumki, yurtimizdagi keng qamrovli islohotlar jarayonida mahallalarda jinoyatçilikni jilovlaş masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari qarorlarida aniq vazifa va mexanizmlarning belgilab berilgani tizim natijadorligini yanada oşirişga xizmat qilmoqda.
Yiğilişda mahallalarning kriminogen vaziyati atrofliça muhokama qilindi. Huquqbuzarliklarning asl omillarini örganiş, “jinoyat öçoq”larini aniqlaş va ularga barham beriş, ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan işlaş, “yöl xarita”lar ijrosini ta’minlaş, “mahalla yettiligi” faoliyatini taşkil etiş yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.
Akademiya boşliği hududlarda eng köp sodir etilgan jinoyatlarga e’tibor qaratib, har bir huquqbuzarlik sababini joylarga çiqqan holda ilmiy yondaşuvlar asosida örganiş, muammolarning ildiziga yetib boriş, amaliyotda natija beradigan takliflarni işlab çiqiş, eng muhimi, kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş zarurligini qayd etdi.
“Mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oşirilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi sanaladi. Kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillarni tag-tomiri bilan yöqotmas ekanmiz, jinoyatçilikning oqibati bilan kuraşib yuraveramiz. Buni hududlarga biriktirilgan mas’ullar, ayniqsa “mahalla yettiligi” tizimi vakillari çuqur anglaşi kerak”, – dedi akademiya boşliği.
Yiğilişda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olişni yangiça yondaşuvlar asosida taşkil qiliş, “mahalla yettiligi”ning iş samaradorligini oşiriş, jinoyatçilikni jilovlaşni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan topşiriqlar berildi. Şu bilan birga, faoliyatida kamçiliklarga yöl qöygan mas’ullar ogohlantirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati