Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Mahallalarda amalga oşirilayotgan işlar örganildi

6 Dekabr 2025, 18:01

1010

Navoiy viloyatining Karmana, Xatirçi va Tomdi tumanlaridagi törtta mahalla kriminogen vaziyati murakkab hudud sifatida IIV akademiyasiga biriktirilgan.

Ta’lim muassasasi rahbari Rustam Xatamov mazkur mahallalarga borib, Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi samaradorligini yanada oşirişga qaratilgan PQ-1-son qarori asosida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.

“Beşkent”, “Arğun”, “Navbahor”, “Şarq” MFYlarida bölib ötgan uçraşuvlarda kriminogen omillarni bartaraf etişga qaratilgan çora-tadbirlar birma-bir muhokama qilindi. “Yöl xarita”lar ijrosi böyiça mas’ullar va “mahalla yettiligi” vakillarining axboroti tinglandi.

Akademiya boşliği mahallalarda yeçimini kutayotgan har bir masalaga atrofliça töxtaldi. Ta’lim muassasasiga biriktirilgan boşqa hududlarga qaraganda mazkur mahallalarda qilinişi lozim bölgan talay vazifalar borligini ta’kidladi. Mas’ullarga xavfsiz köça va uylarni taşkil etiş, “jinoyat öçoq”larida kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, hududlarni qöşimça kamera va taşviş tugmalari bilan ta’minlaş işlarini jadallaştiriş yuzasidan topşiriqlar berdi.

Şuningdek, mahalla faollari bilan yoşlar jinoyatçiligi omillari ham muhokama qilindi. Ayrim ösmir yigit-qizlar giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi bilan boğliq huquqbuzarliklar sodir qilayotgani, yoşlar örtasida bu kabi illatlarning barvaqt oldini oliş uçun tarğibot tadbirlari qamrovini oşiriş, ularning bandligini ta’minlaş, uyuşmagan qatlam bilan manzilli işlaş, oilalarda ma’naviy muhitni yaxşilaş, ijtimoiy profilaktikaga alohida e’tibor qaratiş zarurligi aytib ötildi.

Akademiya boşliği Içki işlar vazirligi akademik litseyi faoliyatini ham örgandi. Maskanda yaratilgan şaroitlar bilan tanişiş jarayonida rahbarlar va öqituvçi-murabbiylar bilan muloqot qildi. Ma’naviy tahdidlar, ayniqsa kiberxurujlar kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda ta’lim va tarbiyani uzviy holda taşkil etiş, yoşlarda axborot xurujlariga qarşi barqaror immunitet hosil qiliş, ularni ona Vatanimizga sodiq, çinakam vatanparvar kadr etib tayyorlaş eng muhim vazifa ekanligi aytib ötildi. Şu kuni tajribali öqituvçilar va faol öquvçilarga taşakkurnoma berildi.

Xizmat safari davomida viloyat Içki işlar boşqarmasida akademiyani tamomlagan yoş xodimlar bilan uçraşuv ham taşkil etildi. Yiğilişda ularning faoliyati tahlil qilinib, yoşlarda xizmatga moslaşiş, kasbiy bilimlarni amaliyotda samarali qöllaş, ruhiy barqarorlik hamda boşqa zarur xislatlarni şakllantirişga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech