IIV akademiyasi boşliği Rustam Xatamov Yunusobod tumanining “Qaşqar” mahallasida jinoyatçilikni jilovlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.
Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 3-yanvardagi qarori bilan mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş böyiça samarali tizim yölga qöyilgan edi. Mazkur qaror asosida sönggi yillarda “qizil” toifada qolayotgan “Qaşqar” mahallasida ham tizimli işlar boşlab yuborildi.
Mahallaga biriktirilgan akademiya professor-öqituvçilari tomonidan kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar ilmiy-amaliy yondaşuvlar asosida örganilib, ularni bartaraf etişga qaratilgan manzilli çora-tadbirlar belgilab olindi.
Hududiy “yöl xarita” ijrosini ta’minlaş maqsadida joylarga 5 ta taşviş tugmasi, 28 ta zamonaviy kamera örnatilib, 18 ta obyekt texnik qöriqlovga olindi. Xonadonlarni örganiş davomida 16 nafar alohida toifadagi, 8 nafar ijtimoiy profilaktika obyekti bölgan şaxs aniqlanib, “yettilik” xodimlariga biriktirildi. Mahallada 2 ta “xavfsiz uy” va bitta “xavfsiz köça” taşkil qilindi.
Bugungi kunda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş orqali kriminogen vaziyatni barqarorlaştirişga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Ijtimoiy profilaktika haftaligi”, sayyor qabul, mehnat yarmarkasi va boşqa tadbirlar orqali har bir oila, xonadondagi ijtimoiy-maişiy muammolar örganilib, ularni hal qiliş çoralari körilmoqda.
Akademiya boşliği mahalla faollari bilan uçraşuvda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar taqdimoti bilan tanişdi. Mahallada xavfsiz va barqaror muhitni şakllantirişda fuqarolarning ijtimoiy mas’uliyatini oşiriş, alohida toifadagi şaxslar bilan profilaktik işlarni kuçaytiriş, “jinoyat öçoq”lariga barham beriş, har bir murojaatga tezkorlik bilan javob beriş zarurligini qayd etdi.
Şu bilan birga, uçraşuvda nizoli oilalardagi muammolarga yeçim topiş, ijtimoiy-maişiy muhitni soğlomlaştiriş, köp sodir qilinayotgan jinoyatlar böyiça taklif va tavsiyalar işlab çiqiş, “mahalla yettiligi”ning aholi bilan hamkorligini yanada mustahkamlaş, mahallani “yaşil” toifaga ötkaziş borasida tavsiyalar berildi.
Örganişlar yakunida kelgusidagi vazifalar yuzasidan qator vazifalar belgilab olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati