IIV akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan mahallalarni örganiş jarayonida huquqiy tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda.
Şunday uçraşuvlardan biri “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida taşkil qilindi.
Ta’lim muassasasi rahbariyati, talaba yoşlar, “mahalla yettiligi” hamda akademiya işçi guruhi vakillari iştirok etgan tadbirda “Mirzo Uluğbek” mahallasining kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar muhokama qilindi.
Sözga çiqqanlar mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va kriminogen vaziyatni yaxşilaş borasida amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar, yoşlar jinoyatligining asl omillari, ular tomonidan köp sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va ularning oldini oliş çoralariga töxtalib ötdi.
Şuningdek kibermakondagi xavf-xatarlar, giyohvandlik va diniy aqidaparaslikning oqibatlari, huquqiy madaniyat va ma’naviy immunitetni oşiriş yöllari tuşuntirilib, talabalar ogohlikka çorlandi.
Tadbir yakunida universitet rahbariyati, mahalla faollari va akademiya professor-öqituvçilari yoşlar tarbiyasiga qaratilgan tadbirlarni muntazam ötkazib turişga kelişib oldilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati