Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Magistrlar uchun mahorat darsi

2 May 2026, 19:11

47

IIV akademiyasida ta’lim olayotgan magistratura tinglovchilari uchun ekspert-kriminalistika faoliyatining dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda sohaga tatbiq qilinayotgan zamonaviy yondashuvlar, raqamlashtirish ishlari va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z bordi. Kadrlar masalasi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinib, boshqaruvning samarali mexanizmlari yuzasidan tinglovchilarga tavsiyalar berildi.

Shuningdek mashg‘ulot jarayonida giyohvanlik vositalari va psixotrop moddalarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ham fikr almashildi. Sintetik giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi dorilarning ekspert-kriminalistik tadqiqotini ilg‘or yondashuvlar asosida takomillashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirish borasida fikr-mulohazalar o‘rtoqlashildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech