Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Magistratura tinglovchisi yoshlarni ogohlikka chaqirdi

8 Aprel 2026, 18:59

89

IIV akademiyasi magistraturasi tashabbusi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida o‘tgan tadbir yoshlar o‘rtasida bezorilik va tan jarohati yetkazish jinoyatlarining barvaqt oldini olishga bag‘ishlandi.

Uchrashuvda magistratura tinglovchisi, podpolkovnik Azimjon Xoliqov so‘zga chiqib, yoshlar jinoyatchiligining sabab va sharoitlarini tahlil qildi. Ba’zi oilalardagi nosog‘lom muhit, atrofdagilarning salbiy ta’siri, nazoratsizlik, o‘quv muassasalarida tarbiyaviy ishlarning yetarlicha tashkil qilinmasligi yoshlarning huquqbuzarlik sodir etishida asosiy omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Bugungi kunda yoshlar qatlami orasida bezorilik va tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq holatlar ko‘p qayd etilayotgani, ushbu turdagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish uchun profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, mas’ul tashkilotlar va keng jamoatchilik o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash zarurligi aytib o‘tildi.

Muloqot tarzida o‘tgan tadbirda talabalarga huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi. Shuningdek profilaktik hisobda turuvchi yoshlar bilan suhbat qurilib, ularning muammolari tinglandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech