IIV akademiyasida xorijiy tillarga qiziquvchi kursantlar uchun master-klass tashkil qilindi.
Mashg‘ulotni “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiati, London iqtisodiyot va siyosatshunoslik universiteti magistri, ingliz tili bo‘yicha IELTS xalqaro sertifikati va qator tanlovlar g‘olibi, “TED-Ex” loyihasi hammullifi Ahror Saidov olib bordi.
Iste’dodli hamyurtimiz xorijiy tillarni bilishning ahamiyati, yurtimiz yoshlari uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar, dunyoning nufuzli oliygohlarida ta’lim olish barobarida erishgan yutuqlari, kelajakdagi oliy maqsadlari haqida so‘zlab berib, ingliz tilini o‘rganishga qaratilgan tavsiyalari bilan tengdoshlariga kuchli motivatsiya berdi.
Muloqot tarzida davom etgan mashg‘ulot jarayonida kursantlar til o‘rganish metodlari, qisqa fursatda muvaffaqiyatga erishish omillari xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati