Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

KURSANTLARIMIZ SOVRINDORLAR QATORIDA

08 Sentyabr 2021, 03:09

954

Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga qaratilayotgan ulkan eʼtibor o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.

Joriy yilning 17-25 avgust kunlari Qozog‘iston Respublikasining Аlmati shahri armrestling bo‘yicha qitʼa chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqada yuzdan ziyod sportchilar sovrinli o ‘rinlar uchun kuch sinashdi. Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan vakilimiz, Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 2-bosqich kursanti А.Tadjiev yakunda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

So‘nggi yillarda yurtimizda sportning bodibilding va fitnes turlari jadal ommalashib bormoqda. 21-22 avgust kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati buni yaqqol isbotladi. Ikki kun davom etgan chempionatda ishqibozlar qiziqarli chiqishlar guvohi bo‘ldilar. Jamoamiz vakili А.Аbdurahmonov (3-bosqich kursanti) yakunda faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, o‘z hisobiga navbatdagi medalni yozib qo‘ydi. 

22-25 avgust kunlari IIVning “JАR” sport-sog‘lomlashtirish mujmuasida ushu-sanda bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Nufuzli musobaqada respublikamizning turli hududlaridan mahoratli yakkakurash ustalari o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi. Kurashlarga boy o‘tgan bahslar yakunida 1-bosqich kursantimiz U.Uzoqbergenov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibi bo‘ldi. 

IIV Аkademiyasida o‘tkazilgan ertalabki saflanishda sportchilarimiz erishgan yutuqlar eʼtirof etilib, nufuzli musobaqalarga yo‘llanma olgan vakillarimizga muvaffaqiyatlar tilandi.

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati     

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech