Jamoat xavfsizligi universitetida fidjital basketbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlari ishtirok etgan musobaqada mezbon jamoa vakillari 1-o‘rinni, IIV akademiyasi jamoasi 2-o‘rinni, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida o‘tkazilgan suzish musobaqasida o‘nga yaqin turdosh ta’lim muassasalari kursantlari qatnashdi. Ellik metr masofaga estafetali suzish bo‘yicha o‘tgan bahslar yakunida IIV akademiyasi jamoasi birinchi, mezbonlar ikkinchi va Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘lishdi.
G‘olib va sovrindorlar kubok, diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati