5-iyun kuni poytaxtimizda harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida raqamli va axborot texnologiyalari fanidan olimpiada bo‘lib o‘tdi.
Unda IIV akademiyasi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida ta’lim olayotgan kursantlar qatnashdi.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, iqtidorli yoshlarni saralash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan olimpiadada IIV akademiyasi kursantlari ham munosib ishtirok etdi.
Umidli yoshlarimizdan Hasanjon Rajabboyev “Matn muharriri ustasi” yo‘nalishida birinchi, Isfandiyor Iminov “Elektron hisob ustasi” yo‘nalishida uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, yana ikki nafar kursantimiz eng faol ishtirokchi sifatida e’tirof etildi. Vakillarimiz sertifikat, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati