Jamoat xavfsizligi universitetida umumiy psixologiya fanidan olimpiada ötkazildi.
Unda Özbekiston Xalqaro islomşunoslik akademiyasi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Içki işlar vazirligi akademiyasi hamda Jamoat xavfsizligi universitetida ta’lim olayotgan yoşlar qatnaşdi. Iştirokçilar “Test topşiriqlari”, “Blits savol-javob” va “Zakovat” şartlari asosida bilim va könikmalarini sinovdan ötkazdilar.
Olimpiada yakunida oliy örin mezbonlarga, 1-örin Xalqaro islomşunoslik akademiyasi talabalariga, 2-örin IIV akademiyasi kursantlariga, 3-örin esa Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti vakillariga nasib qildi. Şuningdek, hakamlar hay’ati tomonidan “Eng ilğor psixolog”, “Eng zukko jamoa”, “Eng faol jamoa” nominatsiyalari böyiça ğoliblar aniqlandi. Ularga diplom hamda esdalik sovğalari topşirdi.
Bilimlar bellaşuvi bölajak mutaxassislarning kasbiy salohiyatini yuksaltiriş, iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, oliy ta’lim muassasalari örtasida ijodiy hamkorlikni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati