Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlar “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida qasamyod qildi

10 Sentyabr 2025, 04:09

153

Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlarining qasamyod qabul qilish marosimiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, hamkor huquqni muhofaza qiluvchi organlardan taklif qilingan mehmonlar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish, tizimning faoliyat samaradorligini oshirish, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, soha uchun kadrlar tayyorlash maqsadida amaliyotga tatbiq qilingan ilg‘or yondashuvlar, ta’lim jarayonlari e’tirof etildi.

Hozirgi globallashuv davrida yosh avlodni yuksak harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etayotgani, Yangi O‘zbekistonning istiqboli sifatida hayotga kirib kelayotgan yoshlar ilmu ma’rifati, mardligi bilan buyuk ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishi, yurtga daxldorlik fazilatlarini amalda namoyon etishi kerakligi alohida ta’kidlandi.

Ichki ishlar organlari safida xizmat qilish har bir insondan yetuk salohiyat, halollik, fidoyilik, jasurlikni talab etadi. Kursantlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni mukammal egallab, yuqori malakali mutaxassis bo‘lishi, har qanday sharoitda qasamyodiga sodiq qolib, xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozim. Bugungi tadbirning ushbu muazzam bog‘da o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Muhtaram Prezidentimizning g‘oya va tashabbuslari bilan bunyod etilgan, ma’naviy hayotimizdan chuqur joy olgan ushbu maskan yoshlarni ona Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ko‘z qorachig‘iday asrab-avaylashga undashi, shubhasiz, – dedi ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Toshpo‘latov.

Shu kuni o‘qishdagi yuqori ko‘rsatkichlari, erishayotgan yutuqlari, intilish va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan bir guruh kursantlar ichki ishlar vaziri hamda “Jaloliddin Manguberdi” stipendiyalariga munosib ko‘rildi. Tadbir davomida ularga faxriy yorliqlarning tantanali ruhda topshirilgani ichki ishlar organi xodimi qasamyodini qabul qilgan, chinakam xaqlparvar bo‘lishni hayotiy maqsadiga aylantirgan navqiron yoshlarga ulkan motivatsiya berdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech