Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Dilorom Xudayberganova akademiyada o‘tkazilgan davra suhbatiga taklif etildi.
Tadbirda “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” yo‘nalishida ta’lim olayotgan kursantlar bilan birga, ixtisoslik kafedra professor-o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Amaliyotchi mutaxassis “oila – maktab – mahalla” tamoyili asosida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish masalalariga atroflicha to‘xtaldi.
Sohadagi tub islohotlar samarasida yo‘lga qo‘yilgan mexanizmlar, amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar, hududlardagi ayrim muammolar va ularning yechimlari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar kursantlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Tadbir qizg‘in muloqot tarzida davom etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati