Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kursantlar spektakl tomoshasiga bordi

10 Sentyabr 2025, 04:09

48

O‘zbek Milliy akademik drama teatrida yangi mavsumning boshlangani munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat va san’at namoyandalari, teatr ijodiy jamoasi, tomoshabinlar ishtirokida o‘tgan tadbirda so‘z olganlar davlatimiz rahbarining teatr sohasiga qaratayotgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligi mamlakatimizda “Uchinchi Renessans” poydevorini yaratish yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlarga qanot bo‘layotganini e’tirof etishdi.

Xalqimiz, ayniqsa yoshlarni teatrlarga keng jalb qilish, tarbiyaviy ahamiyatga ega asarlar salmog‘ini ko‘paytirish, ustoz-shogirdlik an’analarini davom ettirish soha vakillari oldida turgan ustuvor masalalar ekanligi ta’kidlandi. 

Shu kuni yig‘ilganlar “Birinchi qaldirg‘och” (“Ma’suma”) spektaklini tomosha qildilar. Taniqli yozuvchi Isajon Sulton asari asosida yaratilgan sahna asarida o‘z taqdiri bilan butun bir avlodga ibrat bo‘lgan ma’rifatparvar san’atkor Ma’suma Qoriyevaning hayoti haqida hikoya qiladi. Yangi mavsumning ilk tomoshasi teatr ixlosmandlarida katta taassurot qoldirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech