Poytaxtimizda harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Ichki ishlar vazirligi, Qurolli Kuchlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Huquqni muhofaza qilish va Harbiy tibbiyot akademiyalari, Axborot-komunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Milliy universiteti sport bazasi mezbonlik qilgan musobaqa davomida kursantlar suzish, arqon tortish, yugurish va tosh ko‘tarish bo‘yicha bellashdilar. Qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqa yakunida IIV akademiyasi vakillari erkin usulda suzish bo‘yicha birinchi, arqon tortish va 100 metrga yugurish bo‘yicha ikkinchi, shuningdek, 400 metrga estafeta hamda tosh ko‘tarish bahslarida uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida sovrindorlar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati