Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kubok uchun kurash qizg‘in

27 Oktyabr 2021, 05:10

541

Turnirning uchinchi kunidan o‘rin olgan o‘yinlarda yirik hisoblar qayd etildi. Dastlab IIV Akademiyasi futbolchilari Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi vakillarini 5:0 hisobida yutgan bo‘lsalar, ikkinchi o‘yinda Jamoat xavfsizligi universiteti Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasini 10:1 hisobida taslim etdi.

Musobaqa ishqibozlari uchinchi bahsda ham gollar shousiga guvoh bo‘lishdi. Qurolli kuchlar akademiyasi futbolchilarining bu galgi “nishon”i Bojxona instituti jamoasi bo‘ldi. Ikki taym tomoshabinlarga jami 13 ta gol tuhfa etdi. Yakuniy hisob 12:1, harbiy xizmatchilar foydasiga!   

Turnir ertaga davom ettiriladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati   

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech