Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kubok kuchlilarga nasib etdi

25 Oktyabr 2026, 14:07

36

Ichki ishlar organlari tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan IIV akademiyasida boshliq kubogi uchun sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Kunduzgi ta’lim kursantlari ishtirok etgan bellashuvlar regbi, basketbol, voleybol hamda milliy kurash bo‘yicha tashkil qilindi.

Bellashuvlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tayyorgarligini oshirish, sportga qiziqishini rag‘batlantirish, o‘zaro hamjihatlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga qaratildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar g‘oliblik uchun bor mahoratlarini ishga solib, chaqqonlik, epchillik, kuch va matonatlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, regbi va voleybolda 2-bosqich, basketbolda 3-bosqich, milliy kurashda esa 1-bosqich kursantlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yoshlar uchun o‘z imkoniyatlarini namoyon etish, sport mahoratini oshirish hamda jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlash imkonini berdi. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech