Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

KUBOK IIV AKADEMIYASIGA NASIB QILDI

30 Noyabr 2021, 08:11

1303

Joriy yilning 23-27-noyabr kunlari Amir Temur nomidagi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida sportning minifutbol turi bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tdi. 

Besh kun davom etgan turnirda mezbonlardan tashqari, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyalari, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Bojxona instituti kursantlaridan tarkib topgan jamoalar faxrli o‘rinlar uchun kurash olib bordi.

Musobaqa taqvimiga ko‘ra, barcha ishtirokchilar bir guruhdan o‘rin olishdi. O‘yinlarni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan taklif etilgan tajribali hakamlar boshqardi. 

Yuqori saviyada tashkillashtirilgan turnir yakuniga ko‘ra Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari eng ko‘p ochko jamg‘arib, musobaqa kubogini qo‘lga kiritdilar. Ikkinchi o‘ringa Jamoat xavfsizligi universiteti va uchinchi o‘ringa Bojxona instituti futbolchilari sazovor bo‘ldi. 

Turnirning tantanali taqdirlash marosimida sovrindorlar bilan birga, “Eng yaxshi o‘yinchi”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyalari egalariga ham diplom va sovg‘alar topshirildi.  

Terma jamoamiz bosh murabbiyi, podpolkovnik Zafar Nurimovning ma’lumot berishicha, joriy yil yakunida yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Student Cup” futbol turnirini tashkil etiladi. Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston futbol federatsiyasi va assotsiatsiyalari hamda Oliy ta’lim vazirligi hamkorligida o‘tkaziladigan mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda.  

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech