Içki işlar vazirligi akademiyasi işçi guruhi tomonidan Andijon viloyatidagi örganişlar davom ettirilmoqda.
Işçi guruh vakillarining aytişiça, bunda asosiy e’tibor “qizil” toifadagi mahallalarga qaratilgan. Mazkur hududlarda jinoyatçilikni jilovlaş, kriminogen vaziyatni yaxşilaş asosiy vazifa etib belgilangan.
Ana şu maqsadda Xonobod şahri, Xöjaobod, Jalaquduq va Qörğontepa tumanlarining “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarida qator işlar amalga oşirildi. Hududlar ahvoli örganilib, sodir etilgan har bir jinoyatning sabab va şart-şaroitlari ilmiy-amaliy yondaşuvlar asosida tahlil qilindi.
Mahalla faollari iştirokida ötkazilgan uçraşuvlarda kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar atrofliça muhokama qilindi. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişga qaratilgan tadbirlar ta’sirçanligini oşiriş, aholining barça qatlamlari, ayniqsa yoşlar örtasida jinoyatga murosasizlik muhitini qaror toptiriş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Aytiş joizki, bugungi davrda milliy ma’naviyatimizga yot ğoyalarning yoşlar tarbiyasiga ta’siri kuçayib bormoqda. Bunday şaroitda ularning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, vatanparvarlik va daxldorlik hissini oşiriş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Işçi guruhi vakillari tomonidan joylardagi ta’lim muassasalarida tarğibot tadbirlari ötkazilib, yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning ustuvor maqsadi, yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, davlatimiz tomonidan yoşlar uçun yaratilayotgan keng imkoniyatlar yetkazildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati