
Kuni kecha Jizzax shahridagi “Cyber arena” sport majmuasida kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bahslari yakunlandi.
Yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat birinchiligida ming nafarga yaqin sportchi kikboksingning ful-kontakt, lou-kik, kik-layt va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdi.
Quvonarlisi, musobaqada IIV akademiyasi kursantlari ham munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Jumladan, ful-kontakt yo‘nalishida A. Otaxanov (75 kg) birinchi, E. Namozboyev (60 kg), B. Doniyorov (63,5 kg), D. Elov (75 kg), shuningdek, lou-kik yo‘nalishida M. Abdurahmonov (75 kg) uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindor musobaqa tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati