Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv kursi

13 May 2026, 19:17

86

IIV akademiyasida kibermakondagi xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashishga qaratilgan o‘quv kursi tashkil qilindi.

Turkiya Ichki ishlar vazirligining Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga kunduzgi ta’limning 1-o‘quv kursi kursantlari jalb qilindi.

O‘quv kursida axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlar, xususan, kiberfiribgarlikning turli ko‘rinishlari, sodir etilish usullari, bugungi kunda ommalashayotgan ushbu turdagi jinoyatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ularga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, kibermakonda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha Turkiya mamlakatida shakllanayotgan ilg‘or tajribalar, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashishda qo‘llanilayotgan dasturiy ta’minotlar, ularning vazifalari va imkoniyatlari, internetdan xavfsiz foydalanish usullari kabilar yoritildi.

Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilar amaliy topshiriqlarni bajarib, soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar. O‘quv kursi yakunida mavzular tahlil qilinib, yakuniy xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek turkiyalik mehmonlar akademiyada yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech