Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kiberjinoyatlarni tergov qilishning dolzarb jihatlariga bag‘ishlandi

22 Noyabr 2024, 08:11

168

IIV akademiyasida “Axborot tizimidan foydalanib sodir etilayotgan o‘g‘irlik va firibgarlik jinoyatlarini tergov qilish: nazariya va amaliyot” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Manfaatdor tashkilotlar, ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, amaliyot organlari vakillari, olimlar, akademiya magistraturasi tinglovchilari hamda “tergov faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi kursantlari ishtirok etdi.

Dolzarb mavzu yuzasidan Toshkent davlat yuridik universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, IIV huzuridagi Tergov departamenti hamda IIV akademiyasi vakillarining ma’ruzalari tinglandi. Kiberjinoyatlarning o‘ziga xos xususiyati, axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan o‘g‘irlik va firibgarliklar, ularni tergov qilish masalalari, xususan, dastlabki tergov bosqichida isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar, bu borada huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Ma’ruza va chiqishlar doirasida bildirilgan fikr-mulohazalar asosida faoliyatning samarali yechimlariga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech