Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kiberjinoyatlar makon tanlamaydi

31 Yanvar 2026, 20:36

1208

Poytaxtimizdagi Turin politexnika universiteti akademik litseyida yoşlar örtasida kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olişga bağişlangan profilaktik tadbir ötkazildi.

Unda akademik litsey rahbariyati, öqituvçi va öquvçilar, hududiy profilaktika inspektorlari hamda boşqa mas’ullar iştirok etdi.

Uçraşuvda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovçisi, podpolkovnik Z. Qahhorov axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning zamonaviy körinişlari, uşbu turdagi jinoyatlarni foş etiş maqsadida körilayotgan çora-tadbirlar, qonunçilikda belgilangan javobgarlik masalalari haqida ma’ruza qildi.

Yoşlar tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni aniq misollar yordamida tahlil qilgan holda ularning barvaqt oldini olişda amalga oşirilişi lozim bölgan mexanizmlarni tuşuntirdi.

Şu kuni huquqbuzarlik sodir etişga moyil öquvçilar bilan profilaktik suhbat ham ötkazilib, ularga huquqiy tavsiya va maslahatlar berildi. Uşbu toifadagi yoşlarni soğlom hayotga qaytariş böyiça tegişli çora-tadbirlar belgilab olindi.

Muloqot tarzida ötgan tadbir yiğilganlarning huquqiy ongi va kibermadaniyatini yuksaltiriş, öquvçilarni internet makonidagi xavf-xatar va mafkuraviy tahdidlardan ogoh etişga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech