Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ko‘chatlar unib, bog‘ bo‘ladi

30 Noyabr 2021, 08:11

1849

Yerga nihol qadab, bog‘ yaratish azaliy qadriyatlarimizdan. Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy harakati xalqimizga xos an’analarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarmoqda.

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi ham poytaxtimiz ko‘rkamligiga munosib hissa qo‘shishda jonbozlik ko‘rsatayapti. Ta’lim maskani otaliqqa olgan poytaxtimizdagi 121-sonli o‘rta umumta’lim maktabi va unga tutash ko‘chalarda 300 tupga yaqin turli-tuman ko‘chatlar ekildi. Yashil maydonlarni kengaytirishda daraxtlarning turlari, ayniqsa inson salomatligiga foydali xususiyatlari inobatga olinyapti. 

Aksiya davomida daraxt ekish bilan cheklanib qolinayotgani yo‘q. Akademiya rahbariyati va kursantlarining sa’y-harakati bilan yoshi ulug‘, qarovchisi yo‘q keksalarning uylari atrofi, bolalar maydonchalari ortiqcha chiqindilardan tozalanmoqda. Xayrli ishning erta yoki kechi bo‘lmaganidek, umumxalq aksiyasidan mahalla faollari birdek mamnun bo‘lishmoqda. 

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati   

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech