Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Katta avlod vakillari nafaqaga kuzatildi

10 Fevral 2026, 17:51

226

IIV akademiyasida ichki ishlar organlaridagi ko‘p yillik xizmati bilan sharafli yo‘lni bosib o‘tgan katta avlod vakillarini nafaqaga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quv dargohi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va yosh xodimlar ishtirok etdi. Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Bobur Dadajonov so‘z olib, ichki ishlar tizimida halol, vijdonan va fidoyilik bilan xizmat qilish har bir insonga yuksak sharaf keltirishini alohida ta’kidladi.

Ana shunday obro‘-e’tiborga sazovor bo‘lgan hamkasblarimizning umr yo‘li, boy hayotiy tajribasi sohadagi yosh kadrlar uchun chinakam ibrat maktabi ekanligi e’tirof etildi.

Shu kuni iste’fodagi podpolkovniklar Normurod Bekmurodov va Abduvahob Xoliqovga milliy qadriyatlarimizning ramzi sifatida to‘n kiydirildi. Faxriylar ko‘p yillik faoliyatlari davomida erishgan yutuqlari haqida mamnuniyat bilan so‘zlab berib, ustoz-shogirdlik an’analari asosida ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirishdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech