Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kasbiy ko‘nikmalar mustahkamlandi

28 May 2025, 12:05

103

IIV akademiyasida bitiruvoldi “Final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan noqonuniy muomala qilish, kibermakonda sodir etilayotgan firibgarliklar hamda amaliyotda ko‘p uchrayotgan boshqa jinoyatlar bo‘yicha tashkil etildi.

O‘n kun davomida kursantlar o‘quv tezkor-tergov guruhlariga bo‘lingan holda jinoyat sodir etilgandan sud jarayonigacha bo‘lgan protsessual harakatlarni mustaqil ravishda bajardilar. Mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar bilan birga, tajribali amaliyot xodimlari tomonidan baholab borildi.

– “Final” mashg‘ulotlarining bitiruvchilar uchun foydali jihatlari ko‘p. Mashg‘ulotlar jarayonida huquqbuzarliklarni to‘g‘ri malakalash, mustaqil va maqbul qarorlar qabul qilish, nostandart vaziyatlarda o‘zini boshqara olish ko‘nikmalari shakllanadi. Bu esa yosh kadrlarning xizmatga qisqa fursatda moslashishida muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Tergov-kriminalistika fakulteti boshlig‘i, polkovnik Dilshod Payziyev.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘quv mashg‘ulotlari mas’uliyatli faoliyat oldida turgan kursantlar uchun o‘ziga xos sinov vazifasini o‘tadi. Puxta bilim va amaliy ko‘nikma esa muvaffaqiyat omilidir. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech