Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Kasb madaniyati bugundan shakllanishi kerak

14 Mart 2025, 09:03

32

Yoshlarni yuksak vatanparvar, xizmat burchi va kasbiga sadoqatli, barkamol kadr sifatida tarbiyalash – ustuvor vazifa sanaladi.

IIV akademiyasida Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi tomonidan “Kursant yoshlarimiz – ichki ishlar organlarining istiqboli” mavzuida o‘tkazilgan tadbir shu masalaga bag‘ishlandi.

Unda bo‘lim boshlig‘i, podpolkovnik O‘tkir Qosimov so‘z olib, Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtaldi. Kelajagimiz vorislari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani va davlatimizning yuksak ishonchini oqlash yoshlar zimmasidagi eng katta mas’uliyat ekanligi ta’kidlandi.

Profilaktik tadbirda kasb madaniyati va xizmat intizomiga rioya qilish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Bugungi islohotlar davrida ichki ishlar organlari safida xizmat qilish chinakam vatanparvarlikni talab qilishi, har bir xodim yuqori kasbiy fazilatlarini amalda namoyon etishi kerakligi qayd etildi. Kursantlar zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan birga, kasb madaniyatini hozirdanoq shakllantirib borishlari zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida namunali kursantlar va ularning ona-onalarini rag‘batlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etilib, maxsus videorolik namoyish qilindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech