Içki işlar organlari xodimlari orasida soğlom turmuş tarzini keng tatbiq etiş va ommaviy sportni yanada rivojlantiriş borasida tizimli işlar qilinmoqda.
Sir emaski, soha xodimlari öz xizmat vazifasini bajariş çoğida turli nostandart holat yoki vaziyatlarga duç kelişadi. Bunday paytda yetuk bilim va kasbiy mahorat, maʼnaviy-ruhiy tayyorgarlik birlamçi ahamiyat kasb etadi.
Tizimning barça sohaviy xizmatlarida bölgani kabi Içki işlar vazirligi akademiyasida ham bu borada aniq çora-tadbirlar belgilangan. Doimiy tarkib aʼzolari bilan olib borilayotgan maşğulotlar xodimlarning jismoniy va jangovar könikmalarini mustahkamlaş, xizmatga şayligini oşirişda muhim omil bölmoqda.
– Taʼlim muassasamizda xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanişlari uçun barça şaroitlar yaratilgan, – deydi Kadrlar bölimi boş inspektori, mayor Bahodir Axmedov. – Zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan zallarda malakali murabbiylarimiz sportning qöl jangi, sambo, jangovar sambo, amrrestling, dzyudo va boşqa turlari sir-asrorlarini puxta örgatib kelişmoqda. Bundan taşqari, sohaviy xizmatlar örtasida ötkazib kelinayotgan sport musobaqalari ham jamoada sportni yanada ommalaştirişga xizmat qilmoqda.
Darhaqiqat, içki işlar organi xodimlari yuksak bilim va mahorat egasi böliş bilan birga, jismoniy va jangovar könikmalarni ham mukammal özlaştirişlari kerak. Xizmat va jangovar-jismoniy tayyorgarlik maşğulotlarining bir maromda taşkil etilayotgani xodimlarning professional mahoratini oşirmoqda.
IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati